310
Ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun tadbirkorlik kapitali o‘zining bir
shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda
ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbirkorlik kapitali bu shakllarning
birortasida to‘xtab qolgudek bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi.
Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega
bo‘ladi.
Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
P T . . . I . . . T’ P’
Ich
Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
Iv Iv
T . . . I . . . T’ P’ T
Ik Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Iv
T P T . . . I . . . T’
Ik
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin,
ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning
bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning
ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari
va harakat shakllari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: