322
2.
Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating. Nima uchun tadbirkor tahlika
(tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi?
3.
Tadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat?
4.
Tadbirkorlikning shakllari va ularning xususiyatlarini ko‘rsating.
5.
Aksiyadorlik jamiyatiga ta’rif bering.
Aksiya nima,
aksiya kursi qanday
aniqlanadi? Aksiya kursiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rsating.
6.
Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday?
7.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va
muomala jarayonida qanday
bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi?
8.
Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqtlarni o‘z
ichiga oladi? Ularga tushuncha bering.
9.
Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi?
Kapitalning aylanish
uzunligi ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va
bir aylanishining uzunligi qancha davom etadi?
10.
Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo‘yicha
ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering.
11.
Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat?
Uning normasi
qanday aniqlanadi?
12.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar orkali
aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi
ko‘rsatkichlarini tushuntiring.