Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari
– bu mahsulotning ma’lum 
turini yoki uning bir-birligini ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy 
sarflarning umumiy (jonli mehnat, moddiy va pul) sarflaridir.
Ular mazkur 
mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko‘rsatadi. 
Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy zaruriy xarajatlar pul shaklida namoyon 
bo‘ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: 

 
 
 
Sv = c + v + m,
 
bu yerda: Sv – ijtimoiy zaruriy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot 
qiymati; s – iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – zaruriy 
mahsulot qiymati yoki ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qo‘shimcha mahsulot 
qiymati. 
 Korxona ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni 
ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga shu korxona tomonidan 
qilinadigan barcha sarflar tushuniladi: 
Pc = s + v. 
Pc – ishlab chiqarish xarajatlari (tannarx). 
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirib aytadigan bo‘lsak, uning 
tarkibiga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya 
xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari 


325 
va boshqa turli xil ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Bu yerda 
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin hozirgi davrda ishlab chiqarish 
xarajatlari, binobarin tannarxga sun’iy ravishda kiritilgan soliq va foizlar ko‘zda 
tutilmaydi. Korxona tomonidan 
ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-
xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. 
Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (11.1-rasm).

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin