Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, 
korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator omillar ishlab 
chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Bu 
omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining 
ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi 
mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. Quyida bu omillarning har biriga batafsil 
to‘xtalib o‘tamiz. 
1. Mehnatning ixtisoslashuvi. 
Korxona ko‘lamining o‘sib borishi bilan 
foydalanilayotgan mehnatning ixtisoslashuv darajasini oshirish imkoni kengayib 
boradi. Qo‘shimcha ravishda ishchilarning yollanishi topshiriqning ular o‘rtasida 
borgan sari aniqroq taqsimlanib borishini anglatadi. Ishlab chiqarish jarayonida 5-6 
tadan turli operatsiyalarni bajarish o‘rniga endilikda har bir ishchi bitta – yagona 
topshiriqni bajarishi mumkin bo‘ladi. Butun ish kuni davomida u o‘zining 
malakasiga ko‘proq mos keladigan vazifani bajarish bilan band bo‘ladi. Kichik 
korxonalarda malakali ishchilar ko‘pincha o‘z ish vaqtlarining deyarli yarmini 
hech qanday malaka talab etmaydigan ishlarni bajarishga sarflaydilar. Bu esa 
ishlab chiqarish xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi. Shuningdek, ishlab 
chiqarish miqyosining o‘sishi bilan ta’minlanuvchi mehnat operatsiyalarining 
taqsimlanishi imkoniyati ishchilar uchun o‘z vazifalarini bajarishlarida katta tajriba 
orttirishga zamin yaratadi. 5-6 ta topshiriq bilan band qilingan eng mahoratli ishchi 
ham bu vazifalarning har birini bajarishda u qadar malakali bo‘la olmaydi. Yagona 
vazifani bajarish imkoniga ega bo‘lgach, xuddi shu ishchi yanada unumliroq ishlay 
oladi. Va nihoyat, mehnat ixtisoslashuvining yuqori darajasi ishchi tomonidan bir 
topshiriqni bajarishdan boshqa biriga o‘tishdagi vaqt yo‘qotilishi holatining oldini 
oladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin