339
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning
pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Aytaylik, korxonada bir oy
davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning
narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik
pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng bo‘ladi.
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho
bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks
ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxona pul tushumlaridan mahsulot ishlab chiqarishga
qilingan xarajatlar ajratib tashlansa qolgan qismi – foyda hisoblanadi, u korxona
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashda muhim o‘rin tutadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulot yoki
xizmatlarning qiymati sotilgandan keyin ikki qismga: ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplash va foyda qismlariga bo‘linadi. Agar yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak,
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha mahsulot foydaga aylanadi.
Albatta har bir korxonada olingan foyda miqdori yaratilgan qo‘shimcha mahsulotga
teng bo‘lmasligi, ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu hol soliqlar va baholar
mexanizmi ta’sirida sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: