340
ikkinchi bosqichda
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha
mahsulot tovarlarni sotilgandan so‘ng olingan pul daromadi
bilan xarajatlarning
farqi ko‘rinishida to‘liq namoyon bo‘ladi. Demak, tovar va xizmatlar sotilganda
ularning umumiy
qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha mahsulot esa
foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, foydaning asosiy va haqiqiy manbai
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha mahsulotdir.
Odatda ishlab chiqarish sohasidagi yirik korxonalar tovarlarni katta hajmda ishlab
chiqarib, ularni savdo vositachilariga ulgurji narxlarda sotadilar. Shunga ko‘ra, ular
tovarning ulgurji narxi uning tannarxidan yuqori bo‘lgan taqdirda foyda oladilar.
Demak,
ishlab chiqaruvchi foydasi (F
ich
) – bu mahsulot tannarxi (T) va ulgurji
narxi (N
u
) o‘rtasidagi farqdan iborat:
Т
N
F
u
ich
.
Bundan ko‘rinadi-ki, mahsulot birligidan olinadigan
foyda ikkita asosiy
omilga bog‘liq bo‘ladi: 1) mahsulot tannarxi darajasi; 2) ulgurji narxlar darajasi.
Dostları ilə paylaş: