Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Xulosalar 
 
1.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish – iqtisodiyotning tadbirkorlik 
tizimiga o‘tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorlik, 
tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarini yangicha usulda 
birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi. 
2.
Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va 
undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi. 
3.
Tadbirkorlik daromadining o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, birinchidan, u 
ishlab chiqarish jarayonida resurslarning eng optimal variantda qo‘llanilishi 
natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida 
shakllanadi.
4.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatda ma’lum 
darajada shart-sharoit yaratilishi zarur. Tadbirkorlik vazifalarini amalga oshirish
rivojlantirish va shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shart-sharoitlar majmuasi 
tadbirkorlik muhitini tashkil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan 
tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, shaxsiy manfaat, 
bozorning rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli. 


320 
5.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining quyidagi 
shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik, mas’uliyati 
cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik jamiyatlari. 
Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. Hissadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozorini 
rivojlantiradi, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi, 
aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga undaydi. 
6.
Kapital o‘zining amal qilish jarayonida bir necha shaklda namoyon 
bo‘ladigan murakkab hodisadir. Ilk bosqichda kapital buyum, pul, qiymat 
ko‘rinishida bo‘lib, xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltiriladi. Shuning uchun kapital 
avanslangan qiymat shaklini oladi. Natijada kapital qo‘shimcha mahsulot, daromad 
olishni ta’minlaydigan qiymatga aylanadi. 
7.
Kapitalning aylanishi shunday harakatki, unda kapital barcha ishlab 
chiqarish bosqichlarini o‘tib, o‘ziga xos bo‘lgan vazifalarni bajarib o‘zining 
dastlabki shakliga qaytadi. Kapitalning aylanishi avanslangan qiymat butunlay 
qoplangan taqdirda amalga oshgan hisoblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning 
bir yilda aylanish tezligi va aylanish soni bilan o‘lchanadi. 
8.
Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga 
bo‘linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida to‘liq ishtirok etib, o‘z 
qiymatini mahsulot qiymatiga qisman o‘tkazib boradi. Mehnat vositalari o‘rnini 
qoplash uchun mo‘ljallangan va amortizatsiya fondida jamg‘ariladigan asosiy 
kapital qiymati amortizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari 
summasining asosiy kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va 
foizlarda hisoblanadi. Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini 
to‘laligicha tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin