Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

11-bob. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA
FOYDASI
 
O‘tgan bobdan bizga ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tadbirkor 
yoki korxona foyda olish va uni ko‘paytirish uchun faoliyat ko‘rsatadi. Uning 
oladigan foyda miqdori esa ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko‘rsatayotgan 
xizmatining hajmiga, sifatiga, tannarxiga va baholar darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berib, foyda olishga bo‘lgan layoqatini 
aniqlab beruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday 
tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qilib, ular ham ma’lum 
narxga ega bo‘ladi. Korxona oladigan foydaning miqdori bir tomondan bozorga 
taklif qiladigan tovar miqdoriga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan unga 
qilinadigan iqtisodiy xarajatlar darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi 
va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog‘liq. Shuning uchun ham ishlab 
chiqarish xarajatlari “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining muhim kategoriyalaridan biri 
bo‘lib, uni o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Bu bobda sarf-xarajatlarning 
umumiy tabiati, mazmuni va tarkibiga to‘xtalib, foydaning tashkil topishi jarayoni 
tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda, foydaning manbai, uning miqdoriga, 
darajasiga ta’sir etuvchi omillar, foyda normasi va massasi kabi masalalarga 
alohida e’tibor beriladi.
11.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni va 
tarkibi 
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati 
natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan 
foyda nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab 
chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. 
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi 
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish 


324 
va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga 
bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf 
xarajatlar talab etiladi. Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etishda ikki xil 
yondashuv – klassik va neoklassik va boshqa zamonaviy konsepsiyalardan 
foydalaniladi. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish xarajatlari – 
bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan barcha jonli mehnat, pul va 
moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim: 
1)
ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy xarajatlari yoki mahsulot qiymati; 
2)
korxona (firma)ning individual ishlab chiqarish xarajatlari. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin