326
oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan
qoplanadi.
Cof muomala xarajatlari tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning
maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi
xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda
hisobidan qoplanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari
marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi
klassik nazariyalarni ham ma’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu
konsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini
tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish
imkoniyatlaridan kelib chiqadilar.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish
jarayonida foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar
bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi
(11.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: