Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Me’yordagi  foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Me’yordagi 
foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib 
turish uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. 
Agar biron-bir faoliyat turi 
me’yordagi foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishdan 
to‘xtaydi va o‘zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi. Sarf-xarajatlarni 
ichki va tashqi xarajatlarga ajratish korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini 
oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. 
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab ham 
xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (11.3-rasm). 
11.3-rasm. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra 
xarajatlarning turkumlanishi 
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir 
qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. 
Doimiy xarajatlar (DX) 
ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning 
UMUMIY XARAJATLAR 
 
Doimiy xarajatlar 
O‘zgaruvchi xarajatlar 
Korxona to‘lov majburiyatlari 
Xomashyo 
Soliqlar 
Matеriallar 
Amortizatsiya ajratmalari 
Yonilg‘i 
Ijara haqi 
Transport xizmati 
Qo‘riqlash xizmati xarajatlari 
Ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun 
xarajatlar 
Boshqaruv xodimlari maoshi va h.k. 


329 
har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov 
majburiyatlari (qarzlar bo‘yicha foiz va boshqalar), soliqlarning ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash 
xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari 
maoshi va shu kabilar kiradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin