Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Aylanish tezligi
muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki 
bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n. 


314 
10.6. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan 
foydalanish samaradorligi 
Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillar ta’sirida shakllanadi. Ular 
orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo‘yicha tarkibi); asosiy 
kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash samaradorligi; eskirgan mehnat 
vositalarini yangilari bilan amashtirish yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega. 
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ularning ayrim tarmoqlar bo‘yicha 
taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan 
tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab 
chiqarish samaradorligini belgilaydigan tarmoqlarning ulushi oshsa, ularning 
tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi. 
Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ular har bir turining kapital 
umumiy qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi. 
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir 
xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqarish jarayonining bir me’yorda 
borishini ta’minlab, mehnatning umumiy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish 
samaradorligiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, 
uskunalar va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab 
chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ikki jarayonga: 
asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan 
mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi. 
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud:
1) ulardan bevosita foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish;
2) harakatsiz turish natijasida, tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy eskirish. 
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida jismoniy 
eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste’mol qiymatini asta-sekin 
yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlarning ta’sirida jismoniy 
eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni 


315 
bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga 
teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma’naviy jihatdan ham 
eskiradi. Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan 
farq qiladi. Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan 
tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshganligi natijasida ular qiymatining 
pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab turgan uskunalarni yangilari bilan 
almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalarning 
texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan 
mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olingan 
mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
Ma’naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli 
mashinalarning ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan ilgari o‘rnatilgan mehnat 
vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmay qoladi va natijada ular 
yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zararning oldini 
olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi. 
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning bir 
qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin