Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Tadbirkorlik faoliyati
– shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va 
undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat. 


321 
Aksiyadorlik jamiyati
– ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish 
orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul 
resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma. 
Aksiya
– bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum 
hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi 
borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. 
Aksiya kursi
– qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan narxi. 
Obligatsiya
– uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul 
qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz. 
Ta’sischilik foydasi
– sotilgan aksiyalar va aksiyadorlik korxonasiga 
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq. 
Dividend
– aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi. 
Tadbirkorlik kapitali
– tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari. 
Aylanma kapital
– unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi 
ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan, o‘z qiymatini yaratilgan 
mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan 
qismi. 
Asosiy kapital
– unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) 
jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini 
tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va 
xizmat muddati davomida o‘zining ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan 
qismi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin