334
qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltirish mumkin. Faraz qilaylik, fermer
foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib,
unda don
etishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar erdan 40
sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov
berilsa, hosildorlik 50 s/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish
hosildorlikni 57 s/ga, uchinchisi - 61 s/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 s/ga
ga qadar
ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng
bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki,
unumdorlikning pasayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi
(masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni,
har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan
ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga,
malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. Demak, qo‘shilgan
mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas,
balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni
band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi
nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas,
balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘r-ko‘rona
ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi.
Qulay iqtisodiy muhit tufayli ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz
kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday
o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab, qandaydir vaqt oralig‘ida
ishlab chiqarish
quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga
boradi. Ammo oxir-oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga
tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni
samaraning kamayib borish
qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal
qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi
miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar
miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar
narxini doimiy deb
faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi
335
tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi
yordamida tushuntirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: