Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4. Qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. 
Yirik 
miqyosdagi ishlab chiqarishning tashkilotchisi qo‘shimcha mahsulotlarni ishlab 
chiqarish uchun kichik firmaga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘ladi. 
Go‘sht qadoqlash bo‘yicha yirik fabrika ishlab chiqarish chiqindisidan elim, 
o‘g‘itlar, dorivor mahsulotlar va boshqa shu kabi qo‘shimcha mahsulotlarni 
tayyorlaydi-ki, kichik firma bu chiqindilarni zarur bo‘lmaganligi uchun shunchaki 
tashlab yuborishi mumkin edi.
Ishchi va boshqaruvchilar mehnatini ixtisoslashtirish darajasini oshirish, 
nisbatan samarali asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyati, chiqindilardan 
samarali foydalanish kabi barcha texnologik omillar o‘z ishlab chiqarish miqyosini 
kengaytirishga layoqatli bo‘lgan tadbirkor tomonidan mahsulot birligini ishlab 
chiqarish xarajatlarining pasaytirilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, 
ishlab chiqarishga jalb etilgan barcha resurslar miqdorining 10%ga oshirilishi 
ishlab chiqarish hajmining nisbatan ko‘proq, masalan 20%ga oshishiga olib keladi, 
natijada o‘rtacha umumiy xarajatlar pasayadi. Vaqt o‘tishi bilan firmaning 
kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga, va shundan kelib chiqqan holda, 
mahsulot birligi ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi ishlab 
chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish va 
muvofiqlashtirishga harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi ma’lum boshqaruv 
qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Uncha katta bo‘lmagan korxonada bitta – yagona 
boshqaruvchi uning faoliyatiga doir barcha muhim qarorlarni shaxsan o‘zi qabul 
qilishi mumkin. Firma hajmining uncha katta bo‘lmaganligi tufayli mazkur 
boshqaruvchi barcha ishlab chiqarish jarayonini yaxshi tasavvur qila oladi hamda 
firma faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tezlik bilan o‘zlashtira olishi, o‘z qo‘l 
ostidagilaridan olayotgan axborotlarni osonlik bilan tahlil qilishi, ular asosida aniq 
va samarali qaror chiqara olishi mumkin bo‘ladi.Biroq bunday qulay holat firma 
miqyosining kengayishi bilan o‘zgaradi. Ma’muriy xodimlar va ishlab chiqarish 


338 
jarayonini alohidalashtiruvchi boshqaruv qatlamlari ko‘payib boradi; yuqori 
rahbariyat korxonadagi haqiqiy ishlab chiqarish jarayonidan alohidalashib qoladi. 
Yirik korxona miqyosida oqilona qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha 
ma’lumotlarni yig‘ish, tushunish va qayta ishlash bir kishi uchun imkon 
darajasidan tashqarida bo‘ladi. Boshqaruv apparatining chuqurlashuvi va 
kengayishi 
esa 
axborot 
almashinuvi, 
qarorlarni 
muvofiqlashtirishdagi 
muammolarni hamda byurokratik holatni keltirib chiqaradi, boshqaruvning turli 
bo‘g‘inlari tomonidan qabul qilingan qarorlar bir-biriga zid kelish ehtimoli 
kuchayadi. Natijada samaradorlikka putur etib, ishlab chiqarishning o‘rtacha 
xarajatlari oshadi. Boshqacha aytganda, barcha resurslar miqdorining 10%ga 
o‘sishi ishlab chiqarish hajmining nomuvofiq ravishda, aytaylik 5%ga o‘sishiga 
olib keladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin