Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishidan doimiy ravishda olinuvchi 
samara.
Ba’zi hollarda ijobiy miqyos samarasi ta’siri barham topuvchi ishlab 
chiqarish hajmi bilan salbiy miqyos samarasi kuchga kiruvchi ishlab chiqarish 
hajmi o‘rtasidagi tafovut juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Bu ikkala chegara 
orasidagi maydonda barcha resurslarning 10%ga o‘sishi ishlab chiqarish hajmining 
ham mutanosib ravishda 10%ga ko‘payishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli 
boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish 
imkoniyatini beradi. Bu oxir-oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot 
birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 
11.3. Foydaning mazmuni va taqsimlanishi 
Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, 
ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Lekin 
bularning ichida foyda korxona faoliyatiga baho berishning asosiy ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. 


339 
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar ularning 
pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Aytaylik, korxonada bir oy 
davomida 100 ming dona «A» mahsuloti ishlab chiqarildi. Har bir mahsulotning 
narxi 1000 so‘m. Agar barcha mahsulotlar sotilgan taqdirda, korxonaning bir oylik 
pul tushumi 100 mln. so‘m (100000 × 1000) ga teng bo‘ladi. 
Biroq, korxonaning pul tushumlari uning faoliyatining samaradorligiga baho 
bera olmaydi. Chunki, bu pul tushumlari qanday xarajatlar evaziga olinganligi aks 
ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxona pul tushumlaridan mahsulot ishlab chiqarishga 
qilingan xarajatlar ajratib tashlansa qolgan qismi – foyda hisoblanadi, u korxona 
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulot yoki 
xizmatlarning qiymati sotilgandan keyin ikki qismga: ishlab chiqarish xarajatlarini 
qoplash va foyda qismlariga bo‘linadi. Agar yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo‘shimcha mahsulot foydaga aylanadi. 
Albatta har bir korxonada olingan foyda miqdori yaratilgan qo‘shimcha mahsulotga 
teng bo‘lmasligi, ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu hol soliqlar va baholar 
mexanizmi ta’sirida sodir bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin