Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish xarajatlari
– tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va
iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar.
350
Ichki xarajatlar
– korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan
foydalanish natijasida vujudga keladigan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar
– tashqaridan jalb qilingan resurslarga to‘lovlarni amalga
oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat
– ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u o‘zgarganda
ham miqdorini o‘zgartirmaydigan xarajatlar.
O‘zgaruvchi xarajat
– ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etadigan
xarajatlar.
O‘rtacha xarajatlar
– mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar.
Qo‘shilgan xarajatlar
– mahsulotning navbatdagi qo‘shimcha birligini ishlab
chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
To‘g‘ri xarajatlar
– mahsulot tannarxiga bevosita qo‘shilib, uning tarkibiga
kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat
– mahsulot tannarxiga ustama bo‘lib, narxda aks etadigan
xarajatlar.
Iqtisodiy yoki sof foyda
– yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib
tashlangandan keyin qolgan qismi.
Foyda normasi
– foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga bo‘lgan
nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.
2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali
tushuntiring.
3. O‘rtacha doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda
ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
6. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring.
7. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada? Ularning
shakllanish tartibini tushuntirib bering.
351
8. Yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va
xo‘jalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tartibiga qanday
ta’sir ko‘rsatadi?
9. Foyda massasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni izohlab bering.
10. Ishlab chiqarish resurslari tarkibidagi quyidagi o‘zgarishlardan qaysilari
uzoq muddatli davrdagi xarajatlarga kiradi:
a) kompaniya neftni qayta ishlovchi yangi uskunani o‘rnatadi;
b) korxona yana 200 ishchini yollaydi;
v) fermer o‘z uchastkasida qo‘llaniladigan o‘g‘it miqdorini ko‘paytiradi;
g) fabrikada uchinchi smena joriy qilinadi.
11. Sarflarning quyidagi turlari xarajatlarning qaysi turkumiga tegishli ekanligini
aniqlang: mahsulot reklamasiga sarflar, korxona chiqargan zayomlar bo‘yicha foiz
to‘lovlari; xom-ashyoga sarflar, ko‘chmas mulkka soliq to‘lovlari, boshqaruv xodimlari
maoshi; ishchilarga ish haqi to‘lovlari; amortizatsiya ajratmasi.
12. Quyidagi keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib foyda normasini har
ikkala usulda hisoblang: umumiy foyda – 250 ming so‘m; ishlab chiqarish
xarajatlari – 1250 ming so‘m; avanslangan mablag‘lar (asosiy va aylanma
kapital) – 2500 ming so‘m.
Natijalarni taqqoslab, izohlab bering.
|