356
mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil
ta’rif beradilar.
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi»
konsepsiyasida
ish haqini
yashash uchun zarur vositalarning fiziologik
minimumi
bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin bunday qarash to‘g‘ri emas. Bu
minimum o‘z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
shart-sharoitlar tug‘dirgan ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi
narxining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar
miqdorining minimumi
bilan aniqlash, ishga yollovchilarning ish haqini mazkur quyi chegaradan
pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarning xo‘jalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni
ko‘rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining o‘rtacha
darajasi yashash
uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada
o‘rnatilgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi,
marksistik yo‘nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o‘ziga xos tovar
deb hisoblaydi. Shu sababli
bu nazariya ish haqiga
tovar bo‘lgan ishchi kuchi
qiymatining o‘zgargan shakli, ya’ni uning puldagi ifodasi
sifatida qaraydi va
uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari
qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g‘oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir
qator omillar,
avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi,
ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab
chiqarish sharoitlari ta’sir qilishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu g‘oyada hayotiy
ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog‘liqligi
ta’kidlanadi. Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko‘pgina ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi
olimlar
tomonidan
ma’qullanib
kelinmoqda.
Masalan,
A.F.Shishkin,
E.F.Borisovlar o‘zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida
ish haqini ishchi
357
kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflaydilar
1
. Bu mualliflar o‘z
fikrlarini asoslashda ko‘pgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishchi kuchining
farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini
tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu
jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to‘lashga o‘xshab ko‘rinishini isbotlashga
harakat qilganlar. Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi»
sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi,
mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini
yetarli hisobga
olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan,
«Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot
nazariyasi» darsligi va boshqalarda)
2
ish haqini
Dostları ilə paylaş: