Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə277/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

mehnat narxi
sifatida, ayrimlari 
esa
3
mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi 
sifatida talqin 
etadilar. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto‘g‘ri 
tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funksiya qilishi, uning 
ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo‘lib, uning na qiymati, na narxi 
yo‘qligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bo‘lmasligi fanda ham, real 
hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon bo‘lgan va allaqachon 
isbotlangan masaladir. Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham 
bo‘ladi. Lekin bu g‘oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga 
olish zarur. Bu ham bo‘lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va 
natijasi bilan bog‘lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to‘g‘risidagi turli 
nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi va o‘z mamlakatimizdagi amaliyotni) 
umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. 
1
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект
2005. – 544 с.; Шишкин А. Ф. «Экономическая теория», учебник, книга 2, М. изд-ва «Владос», 1996, 154 с. 
2
Qaralsin: Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. Т.2. – М.: Республика, 
1992, с. 156.; Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений/ Под ред. В.Д.Камаева. М.: 
Гуманитар. изд. центр ВЛАДОС, 2004, с. 175. 
3
Qaralsin: Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во 
«АСА», 1995, 233-б.; Tojiboyеva D. Iqtisodiyot nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – 
T.: «O‘qituvchi». 2002, 227-b. 


358 
1.
Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish 
xususiyati mavjud bo‘lib, uning murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy jarayon 
ekanligi ma’lum darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har 
birida ish haqining u yoki bu tomoniga to‘g‘ri baho berilgan bo‘lib, ularda 
foydalanish mumkin bo‘lgan ijobiy mazmun mavjuddir. 
2.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning 
erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, 
uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunki shu 
mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. 
Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo‘ladi. 
3.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining 
o‘zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo‘lishi lozim. 
4.
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati 
unumdorligi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
5.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning 
erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir 
ishchiga to‘g‘ri kelgan miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham u mehnat 
miqdori, malakasi bir xil bo‘lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo‘lishi 
mumkin. 
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish 
mumkinki, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin