362
Ish haqi tizimi o‘z ichiga haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini
hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
- to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi;
- ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi;
- ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi.
To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida
ishlab chiqarish me’yori
qay darajada
bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif
bo‘yicha to‘lanadi.
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
bir qancha ko‘rsatkichlar,
masalan, reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat
darajasi ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: