359
mazmunini to‘laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini
bilish zarur.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi.
Nominal ish haqi – bu ma’lum vaqt
davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
Misol uchun,
mexanika zavodi ishchisi yanvar oyida 200 ming so‘m, fevral oyida 190 ming
so‘m, mart oyida 220 ming so‘m ish haqi hisoblandi. Bular nominal ish haqi
hisoblanadi.
Real ish haqi
– bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va
xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir
. Boshqacha aytganda real
ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid qilish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan aniqki,
real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (xizmatlar)
narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda,
nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar
narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar
nisbatini formulada
quyidagicha tasvirlash mumkin:
R
V
V
н
p
,
bu yerda: V
P
– real ish haqi; V
H
– nominal ish haqi; R – iste’mol buyumlari va
xizmatlarning narx darajasi.
Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral
oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining
o‘zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi
to‘g‘risida ma’lumot zarur bo‘ladi. Aytaylik, narx darajasi
yanvar oyiga nisbatan
fevralda 1,08, mart oyida esa 1,2 baravar oshgan bo‘lsin. U holda ishchining real
ish haqi fevral oyida 176 ming so‘mni, mart oyida esa 183 ming so‘mni tashkil
etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvar oyiga nisbatan fevral oyida 88 foiz,
mart oyida 91,5 foiz darajasida bo‘ladi.
360
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan
tashqari belgilangan
soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari
va miqdori qancha ko‘p bo‘lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini,
real ish
haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib,
u istiqbolda ham o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Mamlakatimizda ish haqi darajasining oshib borishi hisobiga ishlayotgan har
bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi darajasi ham oshib bormoqda (12.1-
jadval). Bu esa aholi daromadlarining yildan yilga oshib borayotganligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: