368
2.
Ishchi kuchi taklifini qisqartirish.
Kasaba
uyushmalari ishchi kuchi
taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari mumkin. Bunga
quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini
qisqartirish; v) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; g) ish haftasini
qisqartirishga yordam berish.
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga
yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi. Kasaba
uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli
o‘qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi
taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z
navbatida, ish haqi stavkasining
ortishiga olib keladi.
3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash.
Bu ma’lum mehnat turi
taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda
kasaba uyushmalari korxona
ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan
taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining
ta’lim
darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji,
imtihon natijasi va shaxsiy
tavsiflarini oladi.
Dostları ilə paylaş: