371
egri chizig‘i
SS dan W
2
aS ga siljiydi. W
2
ish haqi darajasida ish beruvchilar
bandlik darajasini Q
1
dan Q
2
ga qadar qisqartiradilar.
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks
ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat
munosabatlarining barcha
tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga
bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy
sektorda ham tartibga soladi, milliy
iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi.
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan
oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya
ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori
bo‘lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini
barqarorlashtirishga
ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat
munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, bo‘sh ish
o‘rinlarini aniqlash va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha
umummilliy dasturni ishlab chiqish vazifalarini bajarishi mumkin.
Ishchilarni
o‘qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning o‘zgaruvchan talablariga
tez moslashishga imkon beradi.
Mamlakatimizda kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, Keksa
avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini
kengaytirish borasida
ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish hamda keksalarni
moddiy qo‘llab-quvvatlash. maqsadida ularning oldiga bir qator vazifalarni qo‘yish
ko‘zda tutilmoqda. Jumladan,
“Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini ma’naviy
va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish; 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin
bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash;
14 ming nafar xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar
372
topshirish; 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning
sobiq
xodimlariga) moddiy yordam berish”
1
.
Ushbu bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga sarflanadigan xarajatlarga 8000,0
mln. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, shundan ish beruvchilar mablag‘lari – 7000,0
mln.so‘m, Kasaba uyushmalari mablag‘lari esa – 1000,0 mln.so‘mni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: