373
5.
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining
miqdori bilan;
ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol
tovarlari narxlari darajasi bilan.
6.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng
avvalo davlat tarif tizimi
yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat
mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar
malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi
tartibga solib turiladi.
7.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishidagi
ishsizlikni
ijtimoiy kafolatlash, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va
ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda kasaba
uyushmalari asosiy rol o‘ynaydi.
8.
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida
manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining
kasbiy ixtisosligi
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil
etilishi mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari
ish
haqi darajasini oshirish
uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qilsalar, ochiq turdagi kasaba
uyushmalari ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda korxona ma’muriyatiga
bevosita ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar.
Dostları ilə paylaş: