Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-BOB. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

13-BOB. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES
 
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha 
sohalari, tarmoqlari va bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lsada, lekin ayrim olingan 
sohalarda, bu qonun va kategoriyalar ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga 
bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o‘ziga xos 
xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki bu yerda takror ishlab 
chiqarish ko‘p jihatdan tirik organizm (hayvon, o‘simlik va boshqalar) bilan ham 
bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy qonunlar tabiiy qonunlar bilan chatishib ketadi. Ushbu 
bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada 
namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlari bayon etiladi, shuningdek, agrar 
munosabatlarning mazmuni tahlil qilinib, yer rentasining vujudga kelishi va 
taqsimlanishi muammolari hamda ularning qisqacha tavsifi beriladi. Bu yerda 
fermerlik xo‘jaliklari rivojiga alohida e’tibor qaratiladi.
Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni hamda 
ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirishning yangi tizimi «klaster» xo‘jaligi 
ularning tarkibi va vazifalariga to‘xtalib o‘tilib, agrobiznes va uning turlari bayon 
etiladi. Bu bobda mustaqillik yillarida agrar sohada erishilgan yutuqlar bilan bir 
qatorda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi” hamda “O‘zbekiston 
Respublikasi 
qishloq 
xo‘jaligini 
rivojlantirishning 2020-2030 
yillarga 
mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida 
ko‘rsatib o‘tilgan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish 
vazifalari va muammolariga ham e’tibor qaratiladi. 
13.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlarning mazmuni.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning xususiyatlari
 
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoniyat hayoti 
uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va aholi uchun 


377 
iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. 
Xalq orasida qadim zamonlardan beri qishloq xo‘jaligi xazinalar sandig‘i hamda 
etti xazina degan gaplar yuradi. Etti xazina deganda – sigir, tovuq, o‘rmon, ipak 
qurti, asalari juvoz va tegirmonlar ko‘zda tutiladi. Bu xazinalarning har biriga 
alohida ta’rif bergan ham dono xalqning o‘zidir. E’tibor bering: chorva – ro‘zg‘or 
qassobi va baqqoli. Paranda – ham obi yog‘von, ham dori-darmon. Ipak qurti – 
qizlar sepi. O‘rmon – imorat suyagi, hayot tirgagi, musaffo havo manbai. Asalari – 
oila tabibi. Objuvoz – qozonning yog‘i. Tegirmon – qorinning belbog‘i.
1
Bu 
iboralar ota-bobolarimizning kuzatishlari va tajribalarida sayqal topgan dono 
fikrlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligining inson hayotidagi doimiy ahamiyatini 
ifodalovchi tushunchalardir. Bu qayd etilgan etti xazinaning hammasi qishloq 
xo‘jaligida bo‘lib, bu sohaning ahamiyatiga bundan ortiq tarif topish qiyin.
Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim 
alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «qishloq 
xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va 
barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini 
ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va 
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish»
2
lozimligi 
ta’kidlanib kelinmoqda. Agrar soha oldida turgan vazifalarni bajarish uchun agrar 
sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va 
infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama isloh qilish 
asosida rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar 
o‘rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yer

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin