374
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
– bajarilgan ish uchun haq to‘lashni
erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib
borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi
– ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi
uchun belgilangan tarif
bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi
to‘lanishini ko‘zda tutuvchi tizim.
Tarif tizimi
– ishchi va xizmatchilarning ish haqi
darajasini tarmoqlar va
mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi
xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar
majmui.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari
– ayrim kasblar
va mehnat turlarining
batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan
talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi
– turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo‘lib, ular
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga
haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: