353
g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi»
nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan
mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.
Sey va Klark g‘oyalarini inobatga olinib foydalansa bo‘ladigan ijobiy tomoni
quyidagilardan iborat:
a) kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat) ning har uchalasi tovar yoki
xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va
unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos
ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar
va xizmatlar hajmi ham
ko‘payishi asoslanadi.
Ammo bu g‘oyalarning kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi bozor
iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.
1. Sey va Klark iqtisodiyot nazariyasi hali yetarli darajada rivojlanmagan
davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan
mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil
xususiyatini tushunmaganliklari tufayli, kapital va yer tovar
nafliligini yaratishda
passiv ravishda qatnashsada, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga teng,
ya’ni amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat
ta’sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini
tushunib eta olmaydilar va binobarin ko‘rsatib berolmaganlar.
2. Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib
borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko‘r-ko‘rona
xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan
davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga
to‘g‘ri kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i
milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab
taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar
354
tashkil qilingandan keyin qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o‘rtasida
taqsimlanadi.
Sey va Klarklardan
tashqari ayrim oqimlar, masalan lassalchilar mehnat
hamma boylikning va madaniyatning manbaidir, shuning uchun hamma daromad
jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanishi zarur, deb ko‘rsatadilar. Lassalchilar,
birinchidan, boylik faqatgina mehnatning natijasi bo‘lmasdan, uni yaratishda yer
(tabiat resurslari) va kapital ham qatnashishini, ya’ni uning nafliligi har uchala
omil natijasi ekanligini tushuna olmadilar.
Ikkinchidan, ularning yaratilgan
mahsulotni barcha jamiyat a’zolari o‘rtasida teng taqsimlash zarur degan g‘oyalari
mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lib, bunday holatda mahsulotni ko‘paytirishga ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida hech qanday qiziqish bo‘lmasligi o‘z-o‘zidan
tushunarlidir. Keyinchalik sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq Sovet
Ittifoqida mahsulot va daromadlar davlat qo‘lida bo‘lib, mehnatning miqdori va
sifatiga qarab taqsimlanadi degan g‘oya hukmron bo‘ldi. Lekin bu g‘oya va uning
talablari amalda bajarilmadi.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalarni hamda
hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotni taqsimlashning
quyidagi asosiy
yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarni taqsimlash ham doim
bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga,
jumladan mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy
shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat
mulki mavjud bo‘lgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat,
jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar
o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta umumjamiyat
umumdavlat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni
yaratishda qatnashgan
ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog‘i, takror ishlab chiqarishni o‘z
maromida olib borish uchun amortizatsiya va sarflangan boshqa moddiy vositalar
355
summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini
(asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
c) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini
bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir maromda to‘xtovsiz
amalga oshirishni kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar
va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda
ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
d) davlatni boshqarish, mamlakat
mudofaasini mustahkamlash, aholining
tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni,
ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu
ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshirilib, davlat budjetiga
tushuriladi va u yerda qayta taqsimlanib turli yo‘nalishlar xarajatiga yo‘naltiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi
zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari
va ishchi kuchi egalari
o‘rtasida belgilangan tartib qoidalar asosida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining
ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda
qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari – mulkdorlarning
mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida
shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari
ko‘rinishini oladi.
Dostları ilə paylaş: