Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

11.4-jadval 
O‘zbekistonda YaIM qiymat tarkibidagi o‘zgarishlarning tamoyillari
1
 
2000 
2005 2010 2011 
2012 2013 2014 2015 
2016 2018 
Sotilgan 
100 
so‘mlik mahsulot 
tannarxi (so‘m) 
71,3 
71,8 
72,6 
72,1 
72,1 
71,9 
72,8 
72,4 
73,1 
72,1 
Sotilgan mahsulotning 100 so‘mi hisobiga olingan
 
yalpi foyda 
28,8 
28,3 
27,4 
27,9 
28,4 
28,1 
27,2 
27,6 
26,9 
27,9 
soliqlar to‘langunga 
qadar foyda 
12,8 
12,5 
11,7 
12,7 
10,8 
13,5 
12,2 
12,7 
13,2 
13,5 
sof foyda 
9,1 
8,8 
8,1 
8,2 
7,0 
9,3 
8,2 
7,9 
8,4 
9,1 
Jadval ma’lumotlarida bu holat, mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish sur’atlari va 
YaIM hajmining ortishi ustuvor ekstensiv omillar hisobiga ta’minlanayotganligini 
anglatadi. Ichki bozorda narxlarning nisbatan barqaror saqlanib turishi, import 
tovarlar narxining o‘sib borishi, jahon bozorida eksport qilinadigan tovarlar 
narxlaridagi 
salbiy o‘zgarishlar (asosan xom-ashyo va yarim tayyor 
mahsulotlariga) ham YaIM tannarxining o‘sib, sotilgan mahsulot birligi hisobiga 
olingan foyda miqdorining kamayib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. 
1
Ushbu jadval O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi rasmiy ma'lumotlari asosida muallif 
tomonidan tuzildi. 


347 
Ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish maqsadida mamlakatimizda 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan “2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi va unda iqtisodiyotni intensiv omillar 
hisobiga rivojlantirishni ta’minlaydigan bir qator aniq vazifalar belgilab qo‘yildi. 
Respublikada iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish orqali uning tarmoq va sohalarida 
foyda me’yorining oshishiga faqatgina “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
texnik 
va 
texnologik 
jihatdan 
yangilash, 
ishlab 
chiqarish, 
transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan 
faol investitsiya siyosatini olib borish” orqali erishish mumkin.
1
Iqtisodiy tahlil va kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatdiki, olinayotgan foyda bir 
tomondan, YaIM hajmi va qo‘shimcha mahsulot massasining oshish natijasi bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, har bir korxona, tarmoq va hudud foydani ko‘paytirishga 
intilib, YaIM va qo‘shimcha mahsulotning to‘xtovsiz ko‘payib borishiga ta’sir 
ko‘rsatmoqda. Foyda YaIM hajmini ko‘paytirishni rag‘batlantirishning o‘ta 
ta’sirchan richagi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini 
rivojlantirishda ushbu richagdan unumli foydalanish zarur. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin