346
hodisa va jarayonlarning real holatini aks ettirishda va tegishli xulosalar
chiqarishda muhim ahamiyatga egadir.
Ilmiy izlanishlarimiz natijasida respublikada
YaIM hajmining ortishi va
iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari hali-hanuzgacha ekstensiv omillar hisobiga
amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda. Buni respublika
iqtisodiyotida yaratilgan
mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi pul tushumlarida tannarx va foyda
ulushining o‘zgarishidan anglash mumkin.
YaIM tarkibining sifat jihatdan takomillashtirib borilishi va iqtisodiy o‘sishda
intensiv omillar rolini oshirish talabi mahsulot ishlab
chiqarishga qilinadigan
xarajatlarni kamaytirish hisobiga uning tannarxini pasaytirib borishni taqozo etadi.
Holbuki, tahlillarimiz natijasida, respublikada mahsulot
tannarxi va ularning
sotishdan olingan pul tushumlarida foyda ulushining bir xil darajada saqlanib
qolishga moyilligi kuzatildi (11.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: