434
Sof ichki mahsulot (SIM)
– yil davomida jonli mehnatning unumli harakati
bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad
– yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning puldagi ifodasi
bo‘lib, hozirgi hisoblar tizimida SIMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Shaxsiy daromad
– milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona
foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning
taqsimlanmaydigan foydasini
chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar
summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YaIM
– joriy bozor narxlarida hisoblangan YaIM.
Real YaIM
– narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas
yoki qiyosiy
narxlarda hisoblangan YaIM.
Qo‘shilgan qiymat
– ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va
unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismining miqdori.
Oraliq mahsulot
– ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida
sotib olingan mahsulotlar. Unga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
jarayonida
qo‘llanilgan xomashyo, yonilg‘i, materiallar va boshqalar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: