Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə330/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xususiy va ichki investitsiyalar
mos 
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni 
bildiradi. 
Yalpi investitsiyalar
o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida 
iste’mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun 
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda 
kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi 
investitsiyalar mohiyatiga ko‘pa iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash 
summasi va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan 
sof xususiy ichki investitsiyalar
tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan 
investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari
– bu mahsulotlar va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi 
kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari 
bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi.
Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari
xuddi mamlakat 
ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu 
sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning 
sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va 
investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni 
chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy 
hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi. 
Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof 


430 
eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi.
Sof eksport ijobiy va salbiy 
bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin