Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda investitsion faollikni oshirish yoʻllari va shart-sharoitlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə367/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

16.5. O‘zbekistonda investitsion faollikni oshirish yoʻllari va shart-sharoitlari 
O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy 
islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda 
yangi tarmoq va sohalarning yo‘lga qo‘ylishi, mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlarining kengaytirilishi, ish o‘rinlarining tashkil etilishi tobora ko‘proq 
mablag‘ va resurslarni jalb qilishni rag‘batlantirmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsion faoliyat tobora oshib 
bormoqda (16.3-jadval). 
16.3-jadval 
Investitsiya faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, (mlrd. so‘m)
1
Tarkibiy qismlar 
2010 
2012 
2014 
2016 
2017 
2018 
2019 
Asosiy 
kapitalga 
kiritilgan investitsiyalar 
- jami 
15338,7 22797,3 35233,3 49476,8 60719,2 107333,0 189924,3 
Chet el investitsiyalari 
va kreditlari 
4340,8 
4653,3 
7132,6 
10829,2 12395,2 31350,0 86653,1 
Qurilish ishlari 
8245,8 
11753,9 20060,4 29265,5 32436,3 47260,7 82339,0 
Jadvaldan ko‘rinadiki, agar 2010 yilda asosiy kapitalga 15338,7 mlrd. so‘mni, 
chet el investitsiyalari va kreditlari 4340,8 mlrd.so‘m, qurilish ishlari uchun 8245,8 
mlrd. so‘m miqdorida investitsiyalar kiritilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib asosiy 
kapitalga 189924,3 mlrd.so‘mni, chet el investitsiyalari va kreditlari 86653,1 
1
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi statistik axborotnomasi. Toshkеnt – 2018. 


476 
mlrd.so‘m, qurilish ishlari uchun 82339,0 mlrd.so‘m miqdorida investitsiyalar 
kiritildi. Bu esa, jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligining 
o‘sishiga ahamiyatli darajada ta’sir ko‘rsatadi. 
Asosiy kapitalga investitsiyalar o‘sish sur’atlarini moliyalashtirish manbalari 
bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich kafolatlanmagan hamda boshqa xorijiy 
investitsiya va kreditlarda kuzatilib, 2018 yilga nisbatan 4,1 marta o‘sdi. 
Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan 
investitsiyalarda ham yuqori o‘sish sur’atlari – 3,6 martaga o‘sish kuzatilib, bu 
mahsulot taqsimoti kelishuvi shartlari asosida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan 
“Mustaqillikning 25 yilligi” konlarida qidiruv ishlarini yakunlash va ishlar olib 
borish, O‘zbekiston Respublikasi investitsiya bloklarida (Kultak-Qamashi, 
Muborak, Surxon, Ashibuloq va Koskud, G‘arbiy Farg‘ona investitsiya bloklari) 
neft-gaz konlariga ishlov berish va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, 
hududlarda sement ishlab chiqarishini tashkil etish, to‘qimachilik mahsulotlarini 
ishlab chiqarishni tashkil etish kabi yirik investitsiya loyihalarining jadal 
o‘zlashtirilgani bilan bog‘liq. 
Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev 
mamlakatimiz 
hududlariga 
salmoqli 
investitsiyalarni kiritishga doir muammolarga alohida e’tibor qaratish zarurligini 
ta’kidlab, Milliy bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, 
tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqishi kerakligini ham aytib o‘tdi.
1
2010 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga 
investitsiyalar hajmi 15409,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 189924,3 mlrd. so‘mga etdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy 
dinamika iqtisodiyotning o‘sishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi (16.4-jadval). 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoyеv “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – 
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kеrak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. // Xalq so‘zi, 2017 yil 
16 yanvar. 


477 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin