472
investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining o‘suvchi, turg‘un va
qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta’sirini ko‘rishimiz mumkin (16.3-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida
sof investitsiyalar
hajmining ahamiyatli darajada bo‘lishi yil oxirida kapital hajmining o‘sishiga
hamda, pirovardida iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi. Turg‘un iqtisodiyot
sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat
amortizatsiya ajratmalari, ya’ni iste’mol
qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo‘lib, yil oxirida kapital miqdori
o‘zgarmay qoladi.
Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni
qoplash fondi hajmidan
ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida,
iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish
barqaror iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Biroq,
bu muvozanatga erishish
doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg‘arma
darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir
qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning
qarashlarini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: