468
hajmi kamayishi, investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki
kapital mablag‘lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari,
materiallar va
uskunalar yetkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o‘rtasida
nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish pasayib ketish tamoyiliga
ega bo‘ladi. Shunday qilib, jamg‘arish hajmi iqtisodiy o‘sish sur’atlari va sifatiga
faqat o‘zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib qolmaydi. Fan-texnika
revolyusiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o‘ringa chiqadi.
Jamg‘arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli
milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish
miqdorini
ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va
ularning unumdorligidir. Jamg‘arish miqdori
ishlab chiqarish jarayonida
xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog‘liq.
Mahsulot
birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o‘sha miqdorida
mahsulotlarni ko‘proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: