Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


avtonom (ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil)  holdagi iste’mol darajasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

avtonom
(ya’ni, joriy sof daromaddan mustaqil) 
holdagi iste’mol darajasi
deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja S
0
nuqtadan 
boshlanadi. 
Rasmdagi V nuqtaning o‘ng tomoni esa 
ijobiy (musbat ishorali) jamg‘arma
deb ataladi. Aynan V nuqtada aholi daromadlari va sarflarining muvozanatiga 
erishiladi. Daromad miqdori oshib borgan sari bu muvozanat buzilib, jamg‘arma 
miqdori ortib boradi. Rasmdagi daromadning Y
1
darajasida iste’mol miqdori E
1
E

kesmadan, jamg‘arma miqdori esa E
0
E

kesmadan iborat bo‘ladi. 
Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri bir oz o‘zgacha ko‘rinishda 
bo‘ladi (16.2-rasm).
Rasmdan ko‘rinadiki, jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri iste’mol 
funksiyasi tasvirining aksi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu grafikda ham V nuqta 0 
darajadagi jamg‘arishni, 0Y yotiq chizig‘ining 0 darajadan pastki qismi manfiy 


464 
jamg‘arishni, yuqori qismi esa ijobiy (musbat) jamg‘arishni anglatadi. E
0
E
2
kesma 
sof daromadning Y
1
darajasidagi jamg‘arma miqdorini ko‘rsatadi. 

S=S(Y) 
 
E
0
 
B
E
2
 
0
Y
1

16.2-rasm. Jamg‘arma funksiyasining grafikdagi tasviri
1
 
Iste’mol va jamg‘arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator obyektiv 
va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ob’ektiv omillar alohida iste’molchining 
ixtiyoriga, idrokiga bog‘liq bo‘lmagan omillardan iborat bo‘lib, ulardan asosiylari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
- barcha xo‘jaliklar tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk darajasi; 
- narxlar darajasi; 
- real foiz stavkalari
- iste’molchining qarzdorligi darajasi; 
- iste’molchilarni soliqqa tortish darajasi. 
Sub’ektiv omillar, asosan, iste’molchining o‘ziga, uning ruhiyati va bozordagi 
xatti-harakatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar qatoriga iste’mol va jamg‘arishga 
bo‘lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi 
darajasining o‘zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. Turli omillar 
ta’sirida iste’mol va jamg‘arma darajasining o‘zgarishini shartli ma’lumotlar 
asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko‘rib chiqamiz (16.1-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan 
uning iste’mol va jamg‘armaga sarflanishi o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib bormoqda. 
Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg‘armaga 
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 


465 
bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste’mol va jamg‘armaga 
bo‘lgan o‘rtacha va keyingi qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali ham kuzatish 
mumkin.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin