462
harakat qiladilar. Shunga ko‘ra, banklarning real foiz
stavkasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, ularning jamg‘armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi, ya’ni
jamg‘arma real foiz stavkasining o‘sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi
daromadlari iste’mol va jamg‘arma mablag‘larining yig‘indisidan iborat ekan, real
foiz stavkasining o‘sishi bilan iste’mol pasayib, jamg‘arma esa ko‘payib boradi.
Boshqacha
aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra iste’mol
real foiz
stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi
hisoblanadi.
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning
bu fikrlariga qarshi chiqib, uy
xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini,
kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan
afzalligini
ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy
xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko‘ra,
Dostları ilə paylaş: