Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə369/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Xulosalar 
 
1.
Milliy iqtisodiyotda YaIMning asosiy qismi yangidan vujudga keltirilgan 
sof ichki mahsulot bo‘lib, uning sotilgandan keyingi puldagi ifodasi milliy 
daromad deb yuritilib, u iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida sarflanadi.
2.
Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida 
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy 
iste’molga ajraladi.
3.
Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining 
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to‘planib 
borishi. Uning hajmi barcha xo‘jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib 
tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. 
4.
Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar 
o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni 


479 
bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. 
Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, jamg‘arma banklarning real foiz stavkasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning qiziqishlari shu qadar kuchli bo‘ladi. J.M.Keyns 
klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, xo‘jaliklarning iste’mol 
sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt 
joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol 
sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida xo‘jaliklarning joriy 
daromadlarini ko‘rsatadi. 
5.
Iste’molchilarning daromadlari o‘sib borgan sari ularning jamg‘arishga 
bo‘lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. 
6.
Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar shaklida 
yuzaga chiqib, u yangi kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, 
rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. 
7.
Jamg‘arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu 
sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar jamg‘arish 
miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar 
massasi va ularning unumdorligidir. 
8.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga, ishlab 
chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul 
mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida 
amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, 
ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real 
investitsiya deyiladi. 
9.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) 
investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. 
10.
Statistik ma’lumotlar dinamikasi shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yilga o‘sib borish 
tendensiyasiga ega. 


480 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin