Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə380/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

17.2-rasm. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish 
imkoniyatlarining kengayishi 
Rasmdan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy 
mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligining oshishiga olib 
keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega 
bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham 
e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli 
mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM 
hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy 
o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan 
mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli 
ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi 
«70 miqdori qoidasi»
yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, 
milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda 
qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish 
kerak bo‘ladi.


500 
Mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 4,8% darajasida YaIMni 2 baravar 
oshirish uchun 14 yil va 7 oy talab etiladi (70:4,8). Keyingi yillarda iqtisodiy 
o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning ahamiyatli ravishda 
qisqarishiga olib keladi. Bu qoida orqali biz faqatgina keyingi yillardagi iqtisodiy 
o‘sishning bashoratinigina amalga oshirishimiz mumkin. Lekin real iqtisodiyotda 
bu qoidadan foydalanib bo‘lmaydi. Chunki ixtiyoriy bir yilda iqtisodiy o‘sish 4,8 
foizdan yuqori yoki past bo‘lgan taqdirda bu qoida buziladi. 
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari 
miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki 
intensiv turlarini belgilab beradi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin