500
Mamlakatimizdagi o‘sish sur’atining 4,8% darajasida YaIMni 2
baravar
oshirish uchun 14 yil va 7 oy talab etiladi (70:4,8). Keyingi yillarda iqtisodiy
o‘sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning
ahamiyatli ravishda
qisqarishiga olib keladi. Bu qoida orqali biz faqatgina keyingi yillardagi iqtisodiy
o‘sishning bashoratinigina amalga oshirishimiz mumkin. Lekin real iqtisodiyotda
bu qoidadan foydalanib bo‘lmaydi. Chunki ixtiyoriy bir yilda iqtisodiy o‘sish 4,8
foizdan yuqori yoki past bo‘lgan taqdirda bu qoida buziladi.
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan
ishlab chiqarish omillari
miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki
intensiv turlarini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: