Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə377/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

tarmoqlararo balans
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq 
davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo‘lgan AQSh 
iqtisodchi olimi V.Leontev tomonidan 
«xarajatlar – natijalar»
modeli sifatida 
takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi. 
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – natijalar» usulida eng avvalo 
e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o‘rtasidagi bu 
aloqalar texnologik koeffitsientlar orqali o‘rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to‘rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga 
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi 
kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg‘arish, davlat xaridi va eksport sifatida 
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi 
kvadrantdan qo‘shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko‘rsatkichlari 
o‘rin olgan. To‘rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash 
ko‘rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo‘ylab 
xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo‘yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi 
unsurlarni, satrlar bo‘yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog‘i mahsulotini 
taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab 
chiqarish sharoitidagi o‘zgarishlar boshqa barcha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarning 
miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o‘rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo‘lgan 
ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o‘zgarishlar 


496 
muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham 
o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol darajadagi 
iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya 
tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning 
ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining 
yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish 
mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa, tabiiy resurslarning 
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning 
oqibatida ocharchilik, ekologiyaning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez 
orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga 
ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni 
maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb 
hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini 
ta’minlashini tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining 
yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O‘z navbatida, mazkur 
konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi 
cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, 
aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini 
qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning 
ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay, u tabiiy resurslardan 
foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. Shunga 
ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda 
qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini 
shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.


497 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin