17.3. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni, turlari va omillari Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon
bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil
qilinadi.
Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot mutlaq hajmining va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorining o‘sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon
boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o‘lchash buning qanday maqsadda
amalga oshirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda biron bir mamlakat iqtisodiy
o‘sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o‘lchash uning iqtisodiy
salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali
o‘lchash esa mamlakatdagi aholi turmush darajasini taqqoslashda qo‘llaniladi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko‘rsatkichlar
(real YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlar
bo‘lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to‘liq hisobga olmaydi va
shu sababli farovonlikning haqiqiy o‘sishini to‘liq tavsiflab bera olmaydi;
ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIMning o‘sishi bo‘sh vaqtning
sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib
ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy hisoblash
boshqa tomondan uning atrof-muhitga va
inson hayotiga salbiy ta’sirini hisobga
olmaydi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy o‘sishning barcha tavsifi yillik o‘sish
sur’atlarining foizdagi o‘lchovida to‘liq o‘z ifodasini topadi:
%
100
S
O'
davr bazis davr bazis davr joriy YaIM YaIM YaIM ,
bu yerda:
O‘S – iqtisodiy o‘sish sur’ati, foizda;
YaIM
bazis davr
– taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;
498
YaIM
joriy davr
– joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.