501
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi,
mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda
massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va
kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha
hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning
yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat
ham o‘rganiladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar
Dostları ilə paylaş: