Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə381/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga
ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi 
saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli 
erishiladi. 
Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun 
ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko‘paytirilishi lozim, sodda qilib 
aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, 
miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi 
o‘shanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof 
holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi. 
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi
sharoitida mahsulot ishlab chiqarish 
miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan 
takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani 
qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish 
potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Intensiv yo‘l ishlab 
chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard 
mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud 
bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu 
sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida 
so‘z yuritiladi. 


501 
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham 
mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, 
mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda 
massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi; 
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 
v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat; 
g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va 
kooperatsiyasi. 
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa 
ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha 
hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning 
yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat 
ham o‘rganiladi. 
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga 
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   377   378   379   380   381   382   383   384   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin