17.3-rasm. Real mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni qisman susaytirib turuvchi omillar ham
mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi kabi
holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat
tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini
1. Band bo‘lgan ishchilar soni
2. Ishlagan kishi-soatlarining o‘rtacha
miqdori
1.
Tеxnika taraqqiyoti
2.
Kapital qo‘yilmalar hajmi
3.
Ta'lim va malaka tayyorgarligi
4.
Rеsurslarni joylashtirish
samaradorligi
5.
Boshqa omillar
Mеhnat
sarflari
Mеhnat
unumdor-
ligi
Ishlab
chiqarishning
rеal hajmi
504
yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar
amalga oshirildi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy o‘sish sur’atining susayishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo
qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash
uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi. Bu albatta kishilar
sog‘lig‘i va hayoti uchun zarur bo‘lgan darajalardir.
Hozirda
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillaridan imkon qadar samarali
foydalanishga e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotda ishchi kuchining samarali
bandligini ta’minlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan hisoblanadi. Har yili
iqtisodiyotda yangi ish o‘rinlari yaratib borilmoqda. Masalan, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish va yangilash, transport va muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy
ettirishni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida ishchi kuchi
bandligi darajasini oshirish va tarkibini yanada takomillashtirish mumkin. Bu esa
mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashga zamin
yaratadi.
Mamlakatimizda ishchi kuchiga talabning oshishi bo‘yicha iqtisodiy
tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirishdir. Bunga eng avvalo mulkchilik shakllarini rivojlantirish, mehnat
unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqtidan unumli
foydalanish, ishlovchilarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ko‘tarish,
soliqlarni oqilona belgilash orqali erishiladi.
Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va xizmat
ko‘rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni kengaytirishga
davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish,
bozor sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati
tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash, kichik biznes
hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy ishlarni mablag‘ bilan
ta’minlash kiradi.
505
Bu tadbirlar qo‘shimcha ish joylarini tashkil qilishda eng kam investitsiyani
nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini mablag‘lar bilan ta’minlashning
manbalari bo‘lib mahalliy budjet, bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi
mablag‘lari hamda xususiy tadbirkorlarning shaxsiy jamg‘armalari xizmat qiladi.
Bugungi kunda ayniqsa, mintaqalarda aholi bandligi, ishlab chiqarishni ishchi
kuchi bilan ta’minlash masalalarini o‘rganishni hayotni o‘zi taqozo etmoqda.
Iqtisodiy o‘sish omillaridan texnika taraqqiyotini ta’minlash hamda
investitsiyalar hajmini oshirish – mamlakatimizdagi iqtisodiy siyosatning asosiy
yo‘nalishiga aylangan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «bu
islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib
berishimiz kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va
investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini
ko‘paytirishimiz zarur»
1
.
Umuman olganda, hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab
chiqarishga investitsiyalarni ko‘proq jalb etish zarurati quyidagilar orqali
izohlanadi:
1) jahon bozorida zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar arzonlashadi. Bunday
imkoniyatdan foydalanib, ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini yangilash
hamda uning asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa davrda ushbu
sarf-xarajatlarni qoplash imkonini beradi;
2) yuqori darajada qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksportga
chiqarishning qo‘shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;
3) texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo
bo‘ladi;
4) investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini
rag‘batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
506
Korxonalarni texnik va texnolgik yangilash, modernizatsiya qilish va yangi
ishlab chiqarish obyektlarini qurish, shu orqali yangi ish o‘rinlarini shakllantirish,
mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun
yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning
harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 Farmoni qabul qilingan bo‘lib, ushbu
dasturda belgilangan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida
davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida
quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni
yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kapital
qo‘yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi
texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo‘jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil
etishga ko‘maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish
siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga mablag‘larni
yo‘naltirish
1
. Bundan ko‘rinadiki, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash, zamon talablariga mos bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va
ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining keyingi to‘lqinlari zarbasiga
ijtimoiy-iqtisodiy talofatlarsiz bardosh berish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf
etish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda kompleks yondashuvlarga urg‘u
berilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |