602
Demak, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda
ssuda
kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o‘sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi mamlakat
va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining
muqarrar natijasi
hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning
ehtiyojlarini
qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir
qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o‘rinda
eng asosiy muammo
milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga
bog‘liqligining
kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki
moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoladi.
Dostları ilə paylaş: