Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Soliq tizimi va uning vazifalari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə454/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
21.3. Soliq tizimi va uning vazifalari 
 
Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Soliq 
iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish 
shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. 
Soliq – 
bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy 
mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan 
budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.
Soliq yordamida milliy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta 
taqsimlanadi. 
Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va 
usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi. 
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi: 
- davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi); 
- ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi); 
- iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi). 


603 
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari 
miqyosining o‘sishi o‘z navbatida soliqlarning o‘sishini taqozo qiladi va uning 
darajasini belgilab beradi. 
Hozirgi davrda umumiy tendensiya bo‘lgan davlat sarflarining va shunga mos 
ravishda soliq hajmining o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
1. Aholi sonining o‘sishi.
2. Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
3. Atrof-muhitning ifloslanishi.
4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. 
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining 
o‘sishi. 
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi: 
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog‘liq bo‘lmagan holda soliq 
undirishning majburiyligi; 
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllari 
uchun soliq me’yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta’minlash; 
- soliq to‘lovi bo‘yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy 
nazorat. 
Soliq stavkasini belgilash bir qator 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   450   451   452   453   454   455   456   457   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin