618
ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar
hajmiga va ularning narxiga
bog‘liq bo‘ladi. Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSh iqtisodchisi
I.Fisher ko‘rsatganidek, hamma tovarlarning o‘rtacha narxi olinmaydi.
Chunki
samolyot narxi bilan ruchka narxining o‘rtachasini olib bo‘lmaydi. Shuning uchun
har bir turdagi tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig‘indisi olinadi.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni
umumiy bo‘lib, shu bilan birga oltin va qog‘oz
pul muomalasi qonunlarining
o‘ziga xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud. Masalan,
1) oltin pul muomalada bo‘lganda:
a) ortiqcha oltin pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to‘planib boradi,
zarur
bo‘lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga chiqariladi;
b) tovarlar hajmi ko‘payib, muomala uchun qo‘shimcha pul zarur bo‘lganda
xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo‘l bilan muomala uchun zarur
bo‘lgan oltin pul miqdori o‘z-o‘zidan tartiblanadi.
2) Muomala uchun zarur bo‘lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining
miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, oltinning o‘z qiymatiga nisbatan esa
teskari mutanosiblikda o‘zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o‘zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati
qancha past bo‘lsa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori ham shuncha kam
bo‘ladi. Agar tovarlar qiymati o‘zgarmasa, pulning
miqdori tovarlar hajmining
ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko‘payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o‘zgarmaydi, deb faraz qilsak, muomaladagi
oltin pul miqdori oltinning o‘z qiymatiga qarab o‘zgaradi, ya’ni uning qiymati
oshsa, pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko‘payadi.
Dostları ilə paylaş: