Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə464/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1. Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi 
lozim bo‘lgan tovarlar summasi. 
Tovarlar va xizmatlar qancha ko‘p bo‘lsa, 
ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha 
ko‘p pul miqdori talab qilinadi. 
2. Pul birligining aylanish tezligi.
Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. 
Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul 
miqdori shuncha kam bo‘ladi. 
3. Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to‘lov vositasi sifatida 
foydalanish.
Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi 
kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur 
bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, 
bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul 
miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala 
uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 


617 
t
t
k
b
m
А
Х
Х
Т
P




bu yerda: 
P

- muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori; 
T

- sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar va xizmatlar summasi (tovarlar miqdori × 
narxi); 
X

- kreditga sotilgan tovarlar summasi; 
X

– kreditga berilgan tovarlar va xizmatlarning to‘lash muddati kelgan qismi 
hamda boshqa to‘lovlar summasi; 
A

- pulning aylanish tezligi. 
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so‘mni, kreditga sotilgan tovarlar 
– 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to‘lash muddati kelgan 
tovarlar va boshqa to‘lovlar – 40 mln. so‘mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 
6 marta bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 20 mln. so‘mga 
teng bo‘ladi. Ya’ni: 
.
'
.
ln
20
6
40
20
100
m
so
m
P
m




Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran 
ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan 
muomalaga kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul etishmasligi, normal 
holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, 
muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga 
nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning 
paydo bo‘lishi uning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining 
quyidagi qonuniga ta’rif berish mumkin: 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin