624
- muomalada mavjud bo‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bo‘lmagan qog‘oz
pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy o‘sishi
1
.
Bu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir
tomonlama yondashishga yo‘l qo‘yilib, uning mazmunini to‘la va yetarli darajada
ochib bera olinmagan.
Inflyatsiyani to‘g‘ri tushunish uchun pulning
qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog‘oz pullargagina xos bo‘lgan
hodisa
emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul
quyidagi ikki holatda qadrsizlanadi:
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo‘llagan
holda mehnat unumdorligining oshishi va,
binobarin, oltin qiymatining pasayishi
natijasida. Agar boshqa tovarlar qiymati o‘zgarmagan holda oltin qiymati ikki
barobar pasaygan,
deb faraz qilsak, u holda tovarlar odatdagi hajmlarining
muomalasi uchun ikki barobar ko‘proq oltin pul kerak bo‘ladi. Demak, bu holatda
tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro‘y beradi;
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum
bo‘lgan metall pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog‘laydilar. Qadimgi
Gretsiya, Rim imperiyasida eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham
oltin va kumush tangalar tarkibini nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki
ularning og‘irligini o‘zgartirish orqali soxtalashtirish holatlari uchrab turgan. Bu
esa metall pullarning o‘z qadrini yo‘qotishini keltirib chiqargan.
Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo‘lgan chog‘da
ularning
qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni ro‘y bermaydi. Iqtisodiyotdagi
tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha bo‘lgan pul massasi – oltin va kumush
tangalar xazinaga aylanadi. Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko‘payib,
muomala
vositasini bajarish uchun pul etishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg‘arma
1
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина,
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 538-б.
625
tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan. Bu esa boshqa sharoitlar o‘zgarmagan
holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini anglatadi.
Real qiymatga ega bo‘lmagan qog‘oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa
inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog‘oz
pullarni jamg‘arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz
vosita bo‘lib, ular pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar.
Natijada muomalada ortiqcha qog‘oz pullarning ko‘payishi mavjud yalpi talabni
yanada
kuchaytirib, narxlarning o‘sishini tezlashtiradi.
Inflyatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish
nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq,
shuni ham nazarda tutish kerakki, alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif
nisbatining har qanday buzilishi ham inflyatsiyani keltirib chiqaravermaydi.
Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o‘zgarishlar, masalan, talabning mavsum bilan
bog‘liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi
keltirib chiqargan narxlarning o‘sishi inflyatsiyani anglatmaydi. Bu narxlar ma’lum
muddat o‘tgach, bozordagi talab va taklif
nisbati muvozanatga kelgach, yana
pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif
berishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: