Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə469/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   465   466   467   468   469   470   471   472   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Pul bozori – 
bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli 
darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini 
ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi – 
bu bozorda pul sifatida muomalada bo‘lgan turli-tuman 
moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan qismida
 
“ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan 
instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, 
shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini 
bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash”
1
kuzda tutilgan. 
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni 
hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. 
To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy 
zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini 
qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish 
maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zaxira sifatida saqlashi lozim. 
Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng 
yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana 
muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon 
pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni 


622 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   465   466   467   468   469   470   471   472   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin