643
ham mamlakatimizdagi milliy valyutani mustahkamlash siyosatida o‘ziga xos
samara beradi. Jumladan:
- ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda
pul-kredit siyosatini
yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga
solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlash;
- bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash,
banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy
barqarorligi va
ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada
kengaytirish;
- sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi
turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni
jalb
qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini
joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish,
jumladan, yetakchi
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta
o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan
xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
1
O‘z navbatida, Markaziy bank tomonidan amalga
oshirilgan pul bozoridagi
operatsiyalari muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini
tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlashga qaratildi.
Dostları ilə paylaş: